Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/08 19:00 OKMK 0-1 Dinamo
19/08 20:00 Mash’al 0-1 Andijon
20/08 19:00 Bunyodkor - Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm - Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

«Chelsi»ning to‘rt futbolchisi asosiy jamoadan alohida mashg‘ulot o‘tkazmoqda — Sky Sports

«Chelsi»ning to‘rt futbolchisi asosiy jamoadan alohida mashg‘ulot o‘tkazmoqda — Sky Sports

Baho:
+ | -

«Chelsi»ning to‘rt nafar futbolchisi asosiy jamoadan alohida tarzda mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Sky Sports xabariga ko‘ra, himoyachilar Aksel Disasi va Tosin Adarabioyo, hujumchilar Nikolas Jekson hamda Liam Delapning klubdagi kelajagi hozircha noaniq bo‘lib turibdi.

Manbaga ko‘ra, mazkur futbolchilar asosiy jamoadan alohida guruhda shug‘ullanmoqda. Biroq ular o‘tgan yili Raxim Sterling bilan yuzaga kelgan vaziyatdan farqli ravishda, klubning asosiy infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatiga ega.

Xabar qilinishicha, alohida mashg‘ulot o‘tkazayotgan futbolchilar ham asosiy tarkib a’zolari bilan bir vaqtda mashg‘ulot olib boradi va «Chelsi»ning mashg‘ulot bazasidagi ob’ektlardan foydalanishi mumkin.

Ularning kelajagi transferlar oynasi yakunlanguniga qadar hal qilinishi kutilmoqda.

«Chelsi» vaziyatni diqqat bilan nazorat qilmoqda. Bu holat FIFA tomonidan yozda joriy etilgan, klublarga o‘z rejalariga kiritilmagan futbolchilarni jamoadan sun’iy ravishda ajratib qo‘yishni amalda taqiqlovchi yangi qoidalar fonida yuzaga kelmoqda.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:24, 20.08.2026.
O'qildi: 780 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик