Angliyalik sobiq futbolchi Rio Ferdinand "Aston Villa" markaziy himoyachisi Ezri Konsaning "Arsenal"ga kutilayotgan transferi haqida fikr bildirdi.
"Kanonirlar" 28 yoshli futbolchini 60 million yevroga xarid qilish bo‘yicha "Aston Villa" bilan kelishuvga erishgan.
"Hammasi yana kutilmaganda sodir bo‘ldi va "Aston Villa" yana jabr ko‘rdi. Konsa — ajoyib va barqaror futbolchi, u Angliya terma jamoasida ham o‘ynaydi. Bu "Arsenal" uchun juda yaxshi transfer.
U Premyer-ligada o‘zini juda ishonchli himoyachi sifatida ko‘rsatdi. Devid Ornshteyn 51 million funt va bonuslar haqida gapirmoqda. Menimcha, bugungi bozor sharoitida bu juda yaxshi narx. Konsa yana to‘rt-besh yil yuqori saviyada o‘ynay oladi. U markaziy himoyada ham, o‘ng qanotda ham jamoaga yordam beradi", — dedi Ferdinand o‘z podkastida.
Ezri Konsa "Aston Villa" safida 286 ta uchrashuv o‘tkazib, 12 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan.













