Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Al-Ittihod" Diabiga o‘rinbosar izlashni boshladi

"Al-Ittihod" Diabiga o‘rinbosar izlashni boshladi

Baho:
+ | -

Fransiyalik vinger Mussa Diabi bu yozda "Al-Ittihod"ni tark etishi mumkin. 27 yoshli futbolchining kelajagi bilan bog‘liq vaziyat o‘zgardi: Goal ma’lumotiga ko‘ra, "Bayer" uning transferi bo‘yicha Saudiya Arabistoni klubi bilan muzokaralarni qayta boshladi.

Germaniya klubi Diabiga yozgi transfer oynasi boshida ham qiziqish bildirgan, ammo keyin tomonlar o‘rtasidagi aloqalar to‘xtagan edi. Endi "Bayer" yana futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishishga harakat qilmoqda. Manbaga ko‘ra, "Al-Ittihod" fransuz futbolchisiga o‘rinbosar izlashni boshlagan.

Diabi 2024 yil yozida "Aston Villa"dan "Al-Ittihod"ga o‘tgan. Birinchi mavsumida u jamoaga Saudiya Arabistoni chempionati va Qirol kubogini qo‘lga kiritishda yordam bergan. Keyinchalik uning natijadorligi va jamoa o‘yiniga ta’siri pasaygan, shundan so‘ng ehtimoliy transfer haqida xabarlar paydo bo‘lgan.

Diabi 2019 yildan 2023 yilgacha "Bayer" safida to‘p tepgan. Leverkuzen klubidan ketgach, u "Aston Villa"ga o‘tgan, keyin esa faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirgan. Futbolchining bozor qiymati 25 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 12:55, 20.08.2026.
O'qildi: 503 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик