Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

"Liverpul" Endrik uchun qancha to‘lashga tayyor ekanligi ma’lum bo‘ldi

"Liverpul" Endrik uchun qancha to‘lashga tayyor ekanligi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -

"Real" hujumchisi Endrik faoliyatini Angliya Premyer-ligasida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Fichajes xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, braziliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga "Liverpul" qiziqish bildirmoqda. Agar klubning yangi bosh murabbiyi Andoni Iraola transferni ma’qullasa, "qizillar" hujumchi uchun 65 million yevro taklif qilishga tayyor.

Bunday miqdordagi taklif "Real"ni o‘z futbolchisini sotish masalasini ko‘rib chiqishga undashi mumkin.

O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmida Endrik "Lion"da ijara asosida to‘p tepdi. U Fransiya klubi safida barcha musobaqalar hisobida 21 ta uchrashuv o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:56, 20.08.2026.
O'qildi: 1786 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик