Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

«Liverpul» 19 yoshli hujumchisini «Sheffild Uensdey»ga ijaraga berdi

Baho:
+ | -

«Liverpul»ning 19 yoshli hujumchisi Kiran Morrison 2026/27-yilgi mavsumni «Sheffild Uensdey» safida ijara asosida o‘tkazadi.

Yosh futbolchi kattalar futbolida ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish va rivojlanishda davom etish maqsadida Birinchi ligada ishtirok etuvchi klub safiga qo‘shildi.

Morrison 14 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar jamoasidan boshlab «Liverpul» akademiyasida tarbiyalangan. So‘nggi mavsumlarda u klubning U21 jamoasi asosiy futbolchilaridan biriga aylandi.

Kiran o‘tgan yilning oktyabr oyida «Liverpul»ning asosiy jamoasida debyut qildi. U Angliya Liga kubogi doirasida «Enfild»da «Kristal Pelas»ga qarshi uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. Keyinchalik mavsum davomida yana bir marta asosiy jamoa safida maydonga tushdi.

Morrison may oyida «Liverpul» bilan yangi shartnoma imzoladi, iyunda esa Shimoliy Irlandiya milliy jamoasida debyut qildi.

«Bu boy tarixga va ajoyib muxlislarga ega ulkan klub. Shuning uchun transfer amalga oshganidan xursandman va muxlislar qarshisida maydonga tushishni intiqlik bilan kutyapman.

Hozir klubda qayta qurish jarayoni ketayotganini hamma biladi va men uning bir qismi bo‘lishni xohlayman. Bizda kuchli tarkib bor, ligada esa raqobat yuqori. Shunga qaramay, bu chempionatda juda yaxshi natijalarga erisha olamiz, deb o‘ylayman va jamoaga har qanday yo‘l bilan yordam berishni istayman.

Muxlislarga, bosh murabbiyga va barchaga nima uchun murabbiy meni o‘z safiga qo‘shib olishni istaganini hamda bu yerda o‘ynashga munosib ekanimni ko‘rsatmoqchiman», — dedi Morrison.

Kiritildi: 18:19, 20.08.2026.
O'qildi: 1408 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик