«Inter Mayami» hujumchisi Luis Suares yana bir bor Urugvay terma jamoasi libosini kiyishi kutilmoqda.
Sentyabr oyida «seleste» Yaponiya va Janubiy Koreya terma jamoalariga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi. Ushbu o‘yinlar jamoaning yangi bosh murabbiyi Diyego Forlan uchun dastlabki sinov vazifasini o‘taydi. CadenadelMar nashri xabariga ko‘ra, afsonaviy sobiq forvard 2024 yilda xalqaro faoliyatini yakunlagan Luis Suaresni yana terma jamoaga chaqirishni rejalashtirmoqda.
Suares Urugvay terma jamoasi safida jami 143 ta o‘yin o‘tkazib, 69 ta gol va 39 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Barselona, Liverpul va Atletiko Madrid klublarining sobiq hujumchisi yanvarda 40 yoshni qarshi oladi.













