Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Arteta "Arsenal"da motivasiya muammosi yo‘qligini aytdi

Arteta "Arsenal"da motivasiya muammosi yo‘qligini aytdi

Baho:
+ | -

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta o‘tgan mavsumda Angliya Premyer-ligasida chempionlikni qo‘lga kiritganidan so‘ng ham jamoada motivasiya bilan bog‘liq muammo bo‘lmasligiga ishonmoqda.

Bugun "kanonirlar" chempionlik unvoni himoyasini boshlaydi. Yangi mavsumning ochilish uchrashuvida "Arsenal" "Koventri"ga qarshi maydonga tushadi.

"Futbolchilarimizga qo‘shimcha turtki kerak emas. Ishoning, agar bunga ehtiyoj bo‘lganida, ular buni olardi. Ammo hozir bunga hojat yo‘q. Jamoadagi energiya, xohish va ishtiyoq hech qayerga yo‘qolgani yo‘q. Bunday muhitni yaratish uchun ko‘p vaqt sarfladik va ajoyib jamoani shakllantirdik. Endi vazifamiz — bu muhitni har kuni saqlab qolish", — dedi Arteta.

O‘tgan mavsumda "Arsenal" Angliya chempionatida 85 ochko to‘plab, ikkinchi o‘rinni egallagan "Manchester Siti"ni 7 ochkoga ortda qoldirgan holda chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Kiritildi: 12:00, 21.08.2026.
O'qildi: 395 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик