Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

"Aston Villa" "Bayer" hujumchisiga qiziqmoqda

"Aston Villa" "Bayer" hujumchisiga qiziqmoqda

Baho:
+ | -

"Aston Villa" Kristian Kofaneni ehtimoliy transfer qilish masalasida "Bayer" bilan bog‘landi. Bu haqda jurnalistlar Jeykob Tensvell va Devid Ornshteyn xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, Angliya klubi 20 yoshli kamerunlik futbolchini anchadan beri kuzatib keladi. "Aston Villa"ning unga qiziqishi Kofane Leverkuzen klubiga o‘tishidan oldin ham paydo bo‘lgan.

Ayni paytda esa "Bayer" hujumchisini sotish niyatida emas.

Kofanedan tashqari, "Aston Villa"ning qisqa transfer ro‘yxatidan Jan-Filipp Mateta, Rafael Leau va Nikolya Djekson ham joy olgan. Djekson Olli Uotkins klubni tark etgan taqdirda Unai Emerining asosiy transfer maqsadlaridan biri hisoblanadi.

Kofane "Bayer"dagi debyut mavsumida barcha musobaqalarda 44 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Leverkuzenliklar uni bir yil avval "Albasete"dan 5 million yevrodan biroz ko‘proq mablag‘ evaziga sotib olgan edi.

Kiritildi: 14:08, 26.08.2026.
O'qildi: 568 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик