Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Bibisora Assaubayeva rapid bo‘yicha nufuzli turnirda zafar quchdi

Baho:
+ | -

Qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisora Assaubayeva Fransiyaning Sen-Trope shahrida o‘tkazilgan WR Women’s Chess Tour xalqaro turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. U ayollar o‘rtasidagi Yevropa bosqichida tezkor shaxmat (rapid) yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Assaubayeva uchun musobaqaning chorak va yarimfinal bahslari o‘ta shiddatli kechdi. Har ikki bosqichda ham asosiy partiyalar durang bilan yakunlangach, g‘olib nomi tay-breykda aniqlandi. Qozog‘istonlik grossmeyster armageddon partiyalarida raqiblarini yengib, hal qiluvchi bahsga yo‘llanma oldi.

Turnirning final uchrashuvida esa Assaubayeva ukrainalik tajribali shaxmatchi Mariya Muzichuk ustidan 2:0 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Pley-off formatida o‘tkazilgan musobaqadagi g‘oliblik evaziga qozog‘istonlik grossmeyster 10 ochkoga ega bo‘ldi.

27-avgust kuni Sen-Tropeda blis yo‘nalishi bo‘yicha uchrashuvlariga start beriladi. Blis bahslaridan so‘ng eng yuqori o‘rinlarni qo‘lga kiritgan ikki nafar shaxmatchi noyabr oyida Germaniyaning Shtutgart shahrida bo‘lib o‘tadigan Grand Final bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 20:21, 26.08.2026.
O'qildi: 1253 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик