«Rasing» «Kalyari»dan tayanch yarim himoyachisi Matteo Pratini o‘z safiga qo‘shib oldi.
Ispaniya klubi 22 yoshli futbolchini keyinchalik sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi.
O‘tgan mavsumda Prati «Torino» safida ijara asosida to‘p tepgan edi. Yarim himoyachi A Seriyada 13 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













