Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/10 00:45 Roma 4-2 Kalyari
28/10 00:45 Torino 1-3 Komo
28/10 15:00 Gamba Osaka 1-1 Buriram Yunayted
28/10 15:00 Kashima Antlers 3-0 Poxang Stilers
28/10 17:15 Persib 2-0 Melburn Viktori
28/10 17:15 Kong-Vittel 0-5 Seul
28/10 18:45 Nasaf 0-1 Kuvayt SK
28/10 18:45 Gol Gohar 0-0 Arkadag'
28/10 21:00 Al-Jaziyra - Al-Muharraq
28/10 21:00 An-Nahda - Ar-Rayyan
28/10 22:30 Milan - Bolonya
28/10 22:30 Parma - Udineze
28/10 22:30 Venetsiya - Inter
28/10 23:15 Xolidiya - Al-Vahda
28/10 23:15 Al-Faysaliy - At-Ta'vun
29/10 00:45 Jenoa - Yuventus
29/10 00:45 Monsa - Napoli
29/10 22:30 Frozinone - Lechche
30/10 00:45 Fiorentina - Atalanta

Sergey Lushan «Mash’al»dagi vaziyat haqida: «Olti oy maoshsiz qolish juda og‘ir»

Sergey Lushan «Mash’al»dagi vaziyat haqida: «Olti oy maoshsiz qolish juda og‘ir»

Baho:
+ | -

«Mash’al» bosh murabbiyi Sergey Lushan klubdagi moliyaviy vaziyat haqida gapirib, jamoa hisob raqamiga mablag‘ kelib tushganini ma’lum qildi. Mutaxassisning aytishicha, futbolchilar qariyb olti oy davomida maoshsiz qolgan.

«Xudoga shukr, duolarimiz eshitildi. Bugun, mening tushunishimcha, hisob raqamimizga qandaydir mablag‘ tushdi. Umid qilamanki, bu futbolchilarimizga biroz bo‘lsa-da, nafas rostlab olish imkonini beradi. Olti oy davomida maoshsiz qolish juda og‘ir», — dedi Lushan.

Murabbiy bu fikrlarni Superliganing 19-turida «Navbahor»ga qarshi o‘yindan keyin bildirdi. G‘uzorda o‘tgan bahsda «Mash’al» 0:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Namanganliklar safida Jasur Jaloliddinov va Shohruhbek Abdurahmonov gol urdi. Natijada «Mash’al» 4 ochko bilan turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasida qoldi.

Lushan jamoaning Superligada qolish imkoniyatini ham past baholadi. Uning ta’kidlashicha, asosiy tarkibdagi ko‘plab yetakchi futbolchilar klubni tark etgan va hozir zaxira o‘rindig‘ida asosan yoshlar jamoasi vakillari qolgan. Shu sababli murabbiylar shtabi Superligada jon saqlab qolish uchun kurash bilan bir vaqtda ehtimoliy Proliga mavsumiga ham tayyorgarlik ko‘rishni rejalashtirmoqda.

«Imkonsiz narsaning o‘zi yo‘q. Lekin hozir ko‘rsatayotgan o‘yinimiz bilan, ochig‘ini aytsam, Superligada qolishimizga ko‘zim yetmayapti. Keyingi o‘yindan boshlab parallel ravishda Proligaga ham tayyorgarlikni boshlaymiz», — dedi Lushan.

Sergey Lushan «Mash’al» bosh murabbiyligiga 13 iyul kuni tayinlangan va uning shartnomasi 2026 yil oxirigacha mo‘ljallangan. U kelgan paytda ham jamoa Superliga turnir jadvalining quyi qismida borayotgan edi.

Kiritildi: 17:28, 27.08.2026.
O'qildi: 1235 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик