Italiyaning «Milan» klubi sobiq futbolchisi Filipp Mekses A Seriyaga hanuz katta hurmat bilan munosabatda ekanini aytdi. Bu haqda u Footmercato nashriga bergan intervyusida gapirdi.
«Bugungi kunda ham Italiya futboli qiziqarli. A Seriya esa hamon A Seriya bo‘lib qolmoqda. «Milan» ham, «Roma» ham juda kuchli tarkib tuzdi.
Boshqa tomondan, ayrim qiyinchiliklar haqiqatdan ham mavjud. Avvalo, bu iqtisodiy masalalar va infratuzilma bilan bog‘liq», — dedi Mekses.













