«Zenit» vingeri Luis Enrikening «Roma»ga transferi amalga oshmasligi mumkin. Bu haqda jurnalist Pablo Oliveyra xabar berdi.
Uning ma’lumotiga ko‘ra, klublar transfer bo‘yicha allaqachon kelishuvga erishgan. Biroq «Zenit» va 25 yoshli braziliyalik futbolchi o‘rtasidagi moliyaviy va byurokratik kelishmovchiliklar bitimni yakunlashga to‘sqinlik qilmoqda.













