«Manchester Siti» texnik direktori Ugu Viana «Chelsi»dan Enso Fernandesning transfer qilinishi haqida fikr bildirdi.
«Biz «Manchester Siti»da doimo jahon darajasidagi futbolchilarni taklif qilishga intilamiz va Enso aynan shunday maqomga mos keladi. U ideal yarim himoyachi: texnikasi yuqori, mehnatkash, kurashchan va samarali.
U turli uslublarda o‘ynay oladi. To‘p nazoratiga asoslangan futbolda o‘zini erkin his qiladi, shu bilan birga qarshi hujumlarda ham birdek samarali harakat qila oladi.
Atigi 25 yoshida ikki marta jahon chempionati finalida ishtirok etgani va turli mamlakatlarda yirik sovrinlarni qo‘lga kiritgani uning ruhiyati, professionalligi va texnik mahorati haqida ko‘p narsani aytib turibdi.
Endi u bizning safimizda ekanidan xursandmiz va uning jamoamizni yanada kuchaytirishiga qat’iy ishonamiz», — dedi Viana.













