Milanning «Inter» klubi sport direktori Pyero Auzilio bilan hamkorlikni yakunlamoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarida ma’lum qildi.
Tomonlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasi o‘tgan yozda o‘z nihoyasiga yetgan. Shu tariqa, Auzilioning «neradzurrilar» safidagi 28 yillik faoliyati yakuniga yetmoqda.
Milanlik top-klub Italiya A Seriyasining yangi mavsumini ikki g‘alaba bilan boshladi. Jamoa turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.
«Inter» chempionatdagi navbatdagi uchrashuvini o‘z maydonida «Napoli»ga qarshi o‘tkazadi. Bahs 5 sentyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.













