«Barselona» vingeri Lamin Yamal Parijga bordi. Futbolchi Fransiya poytaxtidan suratni ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qildi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Yamalning Parijga safaridan maqsad — La Liga o‘yinlari orasida qisqa muddatli ta’til o‘tkazish.
Eslatib o‘tamiz, Lamin Yamalning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilga qadar mo‘ljallangan.
Futbolchining transfer qiymati 220 million yevroga baholanmoqda.













