"Barselona" Jesse Bisivuning sog‘lig‘i bo‘yicha rasmiy tibbiy bayonot e’lon qildi. Futbolchi "Barsa Atletik"ning Kataloniya kubogi finalida "Sabadel"ga qarshi o‘yinida jarohat olgan edi.
Kataloniya klubi 18 yoshli belgiyalik vingerning jarohati jiddiy emasligini tasdiqladi. Tekshiruvlar natijasida unda faqat lat yeyish holati aniqlangan.
"Jesse Bisivu kechagi o‘yin vaqtida chap sonidan zarba oldi.
Bugun ertalab o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlar bu faqat lat yeyish ekanini tasdiqladi.
Uning qisqa vaqt ichida mashg‘ulotlarga qaytishi kutilmoqda", — deyiladi klub bayonotida.













