«Pari Sen-Jermen» birdaniga besh futbolchisi bilan shartnomani uzaytirganini klub matbuot xizmati ma’lum qildi.
Parijliklar yarim himoyachi Fabian Ruis bilan 2027/28 yilgi mavsum yakuniga qadar mo‘ljallangan yangi kelishuv imzoladi.
Yarim himoyachilar Joau Nevesh, Lukas Beraldo, Senni Mayulu hamda himoyachi Vilyan Pacho esa «PSJ» safida 2031 yil yozigacha to‘p tepadi.
Avvalroq klub bosh murabbiy Luis Enrike bilan ham shartnomani uzaytirganini e’lon qilgan edi.













