«Real» vingeri Vinisius Junior La Liganing 4-turida «Betis»ga qarshi kechgan uchrashuvdan (0:1) so‘ng sariq kartochka bilan jazolandi.
Final hushtagi chalinishi bilanoq braziliyalik futbolchi bosh hakam Alexandro Ernandes Ernandesga o‘z e’tirozlarini bildirgan.
Natijada Vinisius hakam bilan tortishgani uchun sariq kartochka oldi.














