Vladimir Petkovich bilan xayrlashganidan bir oy o‘tib, Jazoir terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Endi milliy jamoani Braim Hemdani boshqaradi.
Mutaxassis avval Jazoir yoshlar terma jamoasi bilan muhim natijalarga erishgan va shuning ortidan unga asosiy terma jamoani boshqarish ishonib topshirilgan.
Xemdani futbolchilik faoliyati davomida Fransiya Liga 1 chempionatida «Marsel» va «Strasbur», shuningdek, Shotlandiyaning «Glazgo Reyndjers» klublarida to‘p tepgan.
Murabbiylik faoliyatini Fransiya uchinchi divizionida davom ettirgan Hemdani keyinchalik Jazoir U-21 terma jamoasini Tarantoda o‘tkazilgan O‘rta yer dengizi o‘yinlarida tarixiy oltin medalga olib keldi.
Antar Yahyo Hemdanining yordamchisi etib tayinlandi. Mussa Saib esa terma jamoaning yangi bosh menejeri lavozimini egalladi.













