«Atalanta» bosh murabbiyi Maurisio Sarri Italiya chempionatining 3-turida «Roma»dan 1:2 hisobida uchralgan uy mag‘lubiyatidan so‘ng fikr bildirdi.
«Bu o‘yin bosim ostida juda ko‘p harakat qilishni talab qildi. Ammo biz ayni paytda A Seriyaning eng kuchli jamoasiga qarshi o‘ynadik. Menimcha, «Roma» chempionlik uchun oxirigacha kurashadi.
Biz o‘yin qiyin bo‘lishini bilardik va bosimga chidadik. Ammo so‘nggi yarim soatda juda chuqur himoyalanib qoldik. Balki, shunchaki kuchimiz tugab borayotgandir.
Shunga qaramay, menda katta taassurot qoldirgan «Roma»ga oxirigacha muammo tug‘dira olganimizdan mamnunmiz.
Bunday saviyadagi jamoaga qarshi haddan tashqari pastga tushib himoyalansangiz, qiynalasiz. Afsuski, buning badalini to‘ladik.
Biz rivojlanayotganimizga ishonamiz, ammo hozir «Roma» bizdan bir qadam oldinda», — dedi italiyalik mutaxassis matbuot anjumanida.
«Atalanta» 3 ta o‘yindan so‘ng 6 ochko bilan Italiya chempionati turnir jadvalida 7-o‘rinni egallab turibdi.













