Jurnalist Serxio Valentin Federiko Valverde va Eduardo Kamavinganing «Real»dagi o‘yiniga baho berdi.
Mutaxassis yulduzli duetni tanqid qildi. Valentin ushbu juftlik yarim himoya markazida samara bermayapti, deb hisoblaydi.
«Valverde — Kamavinga dueti raqobatbardosh emas. «Malaga»ga qarshi hali mayli, ammo raqiblar darajasi biroz yuqorilasa, ular suv kabi tarqalib ketadi. Ular birgalikda ham, alohida ham samarali o‘ylamaydi. Yaxshiroq variantlar bor», — dedi Valentin.
«Real» yangi mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qildi. Joze Mourinyu jamoasi safarda «Betis»ga yutqazdi.













