"Spartak"ning sobiq himoyachisi, hozirda futbol eksperti sifatida faoliyat yuritayotgan Eduard Mor "Barselona" va "Real"ni taqqosladi.
"Barselona"da o‘yin davomida Rafinyani yoki istalgan boshqa futbolchini almashtirish mumkin va bunda hech qanday muammo yo‘q.
"Real"da esa vaziyat boshqacha. Masalan, Vinisiusni almashtirish kerak bo‘lib qolishi mumkin, ammo buni qilish oson emas. Qo‘rqishadi", — dedi Mor "Match TV" telekanali efirida.
Ispaniya chempionatining 4 turidan so‘ng "Barselona" 12 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.
"Real" esa Joze Mourinyu qo‘l ostida 9 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi.













