Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

"Fulxem"da Arbeloa uchun bosim kuchaymoqda

Baho:
+ | -

Alvaro Arbeloa 2025/26 yilgi mavsum yakunlangach, "Real"ni sovringa olib kela olmaganidan so‘ng bosh murabbiylik lavozimini tark etgan edi. Yozda ispaniyalik mutaxassis "Fulxem"ni qabul qildi, ammo jamoa yangi mavsumni omadsiz boshlamoqda.

Premyer-liganing dastlabki 3 turida "Fulxem" barcha uchrashuvlarda mag‘lub bo‘ldi. Turnir jadvalida londonliklardan pastda faqat 0 ochkoga ega va to‘plar nisbati yomonroq bo‘lgan "Koventri" joylashgan.

So‘nggi soatlarda Angliya OAVida Arbeloa duch kelayotgan muammolar keng muhokama qilinmoqda.

"Kristal Pelas"ga qarshi derbidagi mag‘lubiyatdan keyin "Fulxem" muxlislari taxminan "Bu nima edi o‘zi?" mazmunidagi shiorlarni aytgan.

Biroq murabbiy uchun yanada jiddiy muammo jamoa futbolchilari bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. The Sun ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi o‘yinda zaxirada qolgan Kevin ijtimoiy tarmoqda "Eshitmayman, gapirmayman, ko‘rmayman" degan yozuvli sirli suratni joylagan.

Emil Smit-Rou va Aleks Ivobi esa ijtimoiy tarmoqdagi sahifalaridan "Fulxem"ga aloqador barcha suratlarni o‘chirib tashlagan.

O‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan Kenni Tete esa muxlislardan biri vaziyati haqida so‘raganda: "O‘sha la’nati murabbiy bilan gaplash", — deb javob bergan.

Shu tariqa, Arbeloa uchun vaziyat ancha murakkablashgan. Oldinda "Fulxem"ni Premyer-ligada "Liverpul" va "Manchester Yunayted"ga qarshi og‘ir o‘yinlar kutib turibdi.

Kiritildi: 05:35, 08.09.2026.
O'qildi: 1102 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик