Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Liverpul» Arauxoni muddatidan oldin sotib olishi mumkin

«Liverpul» Arauxoni muddatidan oldin sotib olishi mumkin

Baho:
+ | -

Urugvaylik himoyachi Ronald Arauxo «Barselona»dan «Liverpul»ga doimiy asosda o‘tishi mumkin.

Rousing The Kop xabariga ko‘ra, futbolchining ijara shartnomasida uni 54,5 million yevroga sotib olish huquqi ko‘zda tutilgan. Bu band majburiy emas, ammo «Liverpul» mavsum yakunlanishini kutmasdan, istalgan vaqtda undan foydalanishi mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, Arauxoning o‘yini «Liverpul» rahbariyatiga juda ma’qul kelgan. Shu bois klub uni muddatidan oldin sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqishga tayyor. Biroq yakuniy qaror keyinroq qabul qilinishi ham mumkin.

27 yoshli himoyachi «Liverpul» safida Angliya Premyer-ligasining uchta uchrashuvida maydonga tushib, bitta sariq kartochka oldi.

Kiritildi: 12:35, 08.09.2026.
O'qildi: 2381 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик