«Feyenoord» bosh murabbiyi Jovanni van Bronkxorst Chempionlar ligasida «Barselona»ga qarshi o‘yin oldidan kataloniyaliklar vingeri Lamin Yamal haqida fikr bildirdi.
«Lamin yoshiga nisbatan juda ko‘p narsaga erishdi. U jahon darajasidagi futbolchi. Odamlar uning o‘yinini ko‘rish uchun stadionga kelishadi.
Unda «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritish uchun barcha zarur imkoniyatlar bor. Gap bu qachon sodir bo‘lishida, umuman sodir bo‘ladimi-yo‘qmida emas.
Uning buning uchun salohiyati yetarli», — dedi Jovanni van Bronkxorst.













