«Slovan» Chempionlar ligasidagi mavsumni «PSJ» maydonidagi 1:6 hisobidagi mag‘lubiyat bilan boshladi. Uchrashuvdan so‘ng Slovakiya jamoasi bosh murabbiyi Yaya Ture fikr bildirdi.
«Bu ko‘p narsa olish va ko‘p jihatlarni yaxshilash mumkin bo‘lgan qiyin o‘yin edi. Biz musobaqadagi eng yaxshi jamoalardan biriga qarshi o‘ynadik — ular barcha jihatlarda bizdan ustun bo‘lishdi. Men ko‘p narsani o‘rgandim, ko‘p narsani ko‘rdim. Endi astoydil ishlashimiz kerak.
Biz nimadandir afsuslanishimiz kerakmi? Yo‘q, menimcha, unday emas. Raqib shunchaki biz uchun juda kuchli edi. Ularning tarkibida «Oltin to‘p»ga nomzod bo‘lgan o‘n nafar futbolchi bor. Jamoam bor kuchini berdi. Biz raqibga qarshi munosib kurashishga harakat qilganimizdan faxrlanamiz.
Bu o‘yin mening ko‘zimni ochdi — ham raqibning saviyasi, ham o‘z jamoam haqida ko‘p narsani angladim. Afsuski, «PSJ» shunchaki juda kuchli jamoa», — dedi Ture jurnalistlarga.
Chempionlar ligasining 2-turida «Slovan» o‘z maydonida «Shtutgart»ni qabul qiladi.













