Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/09 19:00 Dinamo 1-0 Qizilqum
10/09 19:00 Andijon 2-1 Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm 0-0 So‘g‘diyona
10/09 21:45 Fenerbaxche 1-1 Roma
10/09 21:45 PSV 1-1 Shaxtyor
10/09 23:59 Man. Yunayted - Sabah
10/09 23:59 Bavariya - Bude-Glimt
10/09 23:59 Komo - RB Leypsig
10/09 23:59 Slaviya - Lans
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

Kivu Martinesga ishonch bildirishda davom etadi

Kivu Martinesga ishonch bildirishda davom etadi

Baho:
+ | -

Xosep Martinesning «Real»ga qarshi o‘yindagi xatolari muayyan savollarni yuzaga keltirdi, ammo «Inter» darvozabonlari o‘rtasidagi iyerarxiyaga ta’sir qilmadi.

Martines Chempionlar ligasidagi mag‘lubiyatda oyoq bilan o‘ynashda bir qator tavakkal qarorlar qabul qilganiga qaramay, Kristian Kivu uchrashuvdan keyin darhol ispaniyalik golkiperni qo‘llab-quvvatladi va u hamon Ivan Provedeldan oldinda ekanini tasdiqladi.

Martinesning hujumni orqadan boshlash mahorati va «Inter» himoya chizig‘ini yuqoriroq ko‘tarish imkonini berishi Kivuning taktik rejasida muhim ahamiyat kasb etadi. Uning to‘p uzatishdagi qobiliyati «neradzurrilar»ga to‘p nazoratini saqlash va o‘yinni chuqur pozisiyalardan boshqarish imkonini beradi.

Biroq xabarlarga ko‘ra, endi Martinesning xato qilishga haqqi deyarli qolmagan. Uning keyingi imkoniyati «Udineze»ga qarshi o‘yinda berilishi kutilmoqda. Bu bahsda darvozabon xotirjamroq harakat qilishi va yangi xatolarga yo‘l qo‘ymasligi kerak bo‘ladi.

Yana bir qimmatga tushadigan xato uning Kivu bilan munosabatlariga va umuman «Inter»dagi mavqeiga bosimni oshirishi mumkin.

Kiritildi: 17:12, 10.09.2026.
O'qildi: 640 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик