Madridning «Real» klubi rahbariyati ispaniyalik murabbiylar Sesk Fabregas va Mikel Artetaning ishini yuqori baholamoqda. Bu haqda The Touchline xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «qaymoqranglilar» kelajakda mutaxassislardan birini jamoaga taklif qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. Klubda jamoani qayta qurish vaqti kelishi mumkinligini tushunishmoqda va yaxshi natijalarga erishgan Fabregas hamda Arteta nomzodlarini ko‘rib chiqishga tayyor.
O‘tgan yozda Joze Mourinyo «Real»ning yangi bosh murabbiyiga aylangan va Alvaro Arbeloani almashtirgan.
Ispaniya La Ligasining dastlabki to‘rt turidan so‘ng «Real» 9 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi.













