«Tottenxem» bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi yarim himoyachi Lukas Bergvallning klub bilan shartnomasini uzaytirganiga munosabat bildirdi.
Avvalroq «shporlar» 20 yoshli futbolchi bilan yangi uzoq muddatli shartnoma imzolanganini rasman e’lon qilgan edi.
«Men har kuni mashg‘ulotlarda Lukasning rivojlanishni qanchalik istayotganini ko‘raman. U jasur futbolchi va mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishdan qo‘rqmaydi.
Menimcha, uning futboldagi eng yaxshi yillari hali oldinda. Biz Lukasga o‘z salohiyatini to‘liq namoyon qilishga yordam bermoqchimiz», — deya De Dzerbining so‘zlarini «Tottenxem» matbuot xizmati keltirdi.
Joriy mavsumda shvesiyalik yarim himoyachi ikki o‘yinda maydonga tushdi, ammo hozircha gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.













