Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/10 00:00 Koventri Siti 4-1 Nyukasl
13/10 00:00 Levante 3-3 Sevilya
13/10 12:45 Nyukasl Jets 1-3 Gamba Osaka
13/10 15:00 Shangxay Port 1-1 Tejon Hana Citizen
13/10 15:00 Poxang Stilers 0-2 Johor Dorul Ta'zim
13/10 15:00 Kyoto Sanga 1-0 Ratchaburi
13/10 17:15 Kongan Hanoi 0-1 Kashima Antlers
13/10 17:15 Buriram Yunayted 0-1 Beyjing Guoan
13/10 18:45 As-Siyb 0-3 Al-Hussayn
13/10 21:00 As-Sadd 0-2 Al-Hilol
13/10 21:00 Ist Bengal 2-3 Ash-Shorta
13/10 21:45 Sabah 2-0 Slaviya
13/10 21:45 Lans 0-2 Sporting
13/10 23:15 Al-Ittihod 1-2 Shabab al-Ahli
13/10 23:59 Galatasaroy 1-4 Barselona
13/10 23:59 Atletiko 2-0 Man. Yunayted
13/10 23:59 Arsenal 3-0 Lill
13/10 23:59 Vilyarreal 3-1 Napoli
13/10 23:59 Inter 3-4 Bryugge
13/10 23:59 RB Leypsig 1-0 PSV
13/10 23:59 Viking 3-3 Bavariya

Mirko Yelichich: «Mash’al»ni oxirigacha kurashayotgani bilan tabriklayman»

Mirko Yelichich: «Mash’al»ni oxirigacha kurashayotgani bilan tabriklayman»

Baho:
+ | -

"Lokomotiv" bosh murabbiyi Mirko Yelichich Superliganing 21-turi doirasida bo‘lib o‘tgan "Mash’al"ga qarshi o‘yindan keyin o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

— «Mash’al»ni oxirigacha kurashayotgani bilan tabriklayman. Ular maydonda qo‘rqmay harakat qilishmoqda. O‘yin oson kechmadi. To‘liq 90 daqiqa «yopiq» futbol o‘ynab bo‘lmasligini bilardik. Baribir zonalar ochilib qolardi. To‘xtovsiz bosim qilishimiz muhim edi.

— Jamoa to‘rtinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bu siz uchun nimani anglatadi?

— To‘qqizta o‘yin qoldi. Biz musobaqa jadvaliga qaramayapmiz. O‘yinimizni yaxshilashni maqsad qilganmiz. Birinchi navbatda jamoa o‘yini va uni yaxshilash. Shunda ko‘nglim to‘ladi.

— Demak, bugungi o‘yindan qoniqdingizmi?

— Menga nechanchi o‘rinni egallashimiz muhim emas, ochig‘i. Muhimi, ushbu mavsumdan ko‘proq futbolchilarni tarbiyalash. Faqat egallaydigan o‘rnimiz eng muhimi emas.

— Ja’far Bahodirovni maydonga tushirishingizga sabab hisob bo‘ldimi yoki o‘yindan oldin ham shuni reja qilganmidingiz?

— Jamoaga ko‘proq kuch kerak edi. Temurxo‘ja va Sardor charchab qolishdi. Abduxoliqov to‘psiz ham ko‘p harakat qilmoqda. Ja’far esa kuchga to‘la bo‘lib maydonga tushdi.

— To‘rt kundan so‘ng Kubokda «Bunyodkor» bilan o‘ynaymiz, keyin esa besh kun o‘tar-o‘tmas «Neftchi» bilan. Tiklanishga vaqt yetyaptimi?

— Yo‘q. Shunchaki qanday tiklanish tizimi o‘zgaradi. Biz hozir e’tiborni o‘yindagi jarayonlarga qaratdik. Shuning uchun hozir qanday yo‘l tutishni bilamiz. «Bunyodkor»ga qarshi «Mash’al» bilan qilgan o‘yinimizni qilmaymiz.

— Yelichich jamoalari juda barqaror o‘yin namoyish etadi va sekinlik bilan o‘yinni yaxshilab boradi. Qaysi mashhur murabbiylarni kuzatasiz va ulardan nimalarni o‘rganasiz?

— Mening sevimli jamoam — «Liverpul». Klopp davridagi futbol yoqardi. Juda intensiv edi. O‘yinni nazorat qilish bo‘yicha esa «Barselona», o‘z vaqtida Byelsa ham «Lids»da yaxshi ishlagandi. Hozir «Komo»ni misol sifatida keltira olaman. Fabregas ko‘p narsani o‘zgartirdi. Men uchun muhimi — pozision o‘yin.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 06:50, 12.09.2026.
O'qildi: 1083 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик