Dortmundning «Borussiya» klubi yarim himoyachisi Jastin Eyodamen «Barselona» va Yevropaning boshqa klublari e’tiborini tortdi. Bu haqda Diario Sport xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar» Eyodamenning rivojlanishini diqqat bilan kuzatmoqda. Ta’kidlanishicha, futbolchi jismoniy kuch, texnika va gol urishdagi mahorati bilan kataloniyaliklarni hayratda qoldirgan. «Barselona» skautlariga Eyodamenning rivojini kuzatib borish vazifasini topshirgan.
Shuningdek, yosh iqtidorga Italiyaning «Milan» va «Yuventus» klublari ham qiziqish bildirmoqda.













