Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/09 00:00 Real Madrid 4-1 Rayo Valyekano
13/09 00:00 Sanderlend 0-2 Arsenal
13/09 17:00 Selta 1-1 Malaga
13/09 18:00 Koventri Siti 0-5 Brayton
13/09 18:00 Lechche 3-2 Monsa
13/09 19:15 Levante 2-4 Barselona
13/09 20:30 Man. Yunayted 0-1 Manchester Siti
13/09 21:00 Napoli 1-0 Bolonya
13/09 21:30 Xetafe 1-1 Deportivo
13/09 23:45 Sassuolo 3-2 Yuventus
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko

Mbappe Messi va Ronaldu haqida: «Ulardan birini ustun qo‘yish mumkin, ammo qilgan ishlarini hurmat qilish kerak»

Mbappe Messi va Ronaldu haqida: «Ulardan birini ustun qo‘yish mumkin, ammo qilgan ishlarini hurmat qilish kerak»

Baho:
+ | -

«Real» hujumchisi Kilian Mbappe Lionel Messi va Krishtianu Ronalduning futbol olamiga ta’siri haqida fikr bildirdi.

— Messi 39 yoshida ajoyib Jahon chempionatini o‘tkazdi. Siz ham shuncha yil yuqori darajada o‘ynay olaman, deb o‘ylaysizmi?

— Zarur bo‘lsa, 100 yoshimgacha o‘ylashim mumkin (kuladi)! Ammo hali ham xuddi shunday yuqori darajada o‘ynay olamanmi? Qachon avvalgi darajada o‘ynay olmay qolganingni tushunish uchun aqlli bo‘lish kerak. Unda bunday fikr paydo bo‘lmadi, chunki u hali ham o‘z darajasida o‘ynay oladi. Bundan tashqari, Messi — Messi. Men o‘zimni boshqalardan farq qiladigan futbolchi deb hisoblayman. Ammo Messi — boshqalardan farq qiladigan futbolchilardan ham farq qiladigan o‘yinchi.

— Faqat u emas, Krishtianu ham...

— Ular bir darajadagi futbolchilar. Futbolga bo‘lgan qarashingizga qarab, ulardan birini ustun qo‘yishingiz mumkin, ammo ularning qilgan va hali ham qilayotgan ishlarini tan olish va hurmat qilish kerak. Olti marta Jahon chempionati... Ha, ular bu olti musobaqaning barchasida g‘olib bo‘lishmagan, bu rost. Ammo olti marta o‘z mamlakati yetakchisi bo‘lish va butun mamlakat umidlarini o‘zida mujassam etish — bunday holat kamdan-kam uchraydi.

Ular boshqa davr futbolchilari. Ularning toifasida bunday futbolchilar atigi ikki nafar. Men keyingi avlod vakiliman, ular menga ilhom bergan. Ular futbol qoidalarini va bizdagi futbol haqidagi tasavvurni o‘zgartirishdi. Ularning faoliyatidan «oldin» va «keyin» degan tushunchalar bor.

— Ularning izidan borish qiyinmi?

— Yo‘q. Ular qilgan ishlarni takrorlash va hatto ulardan ham ko‘proq narsa qilish istagi meni rag‘batlantiradi. Messi yoki Ronaldudan yomonroq ekaning haqidagi fikr bosim qilmaydi, bu unchalik muhim emas. Ammo bizda bittadan karyera bor va eng yaxshisi bo‘lish uchun harakat qilishimiz kerak, — dedi Mbappe.

Kiritildi: 14:57, 12.09.2026.
O'qildi: 1013 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик