Kirish Ro'yxatdan o'tish

Liga 1. «Lill» o‘z maydonida «Trua»ni mag‘lub etdi

Liga 1. «Lill» o‘z maydonida «Trua»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

Fransiya Liga 1 chempionatining 4-turida «Lill» o‘z maydonida «Trua»ni qabul qilib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda mezbonlar favorit sanalgandi. Mezbonlar 2-daqiqadanoq hisobni ochishga yaqin keldi, biroq Hakon-Arnar Xaraldssonning goli bekor qilindi.

18-daqiqada esa «Lill» baribir o‘z maqsadiga erishdi — Tyagu Santush Dilan Bakvaning golli uzatmasidan so‘ng jamoasini oldinga olib chiqdi.

Ikkinchi bo‘limda ham «Lill» tashabbusni o‘z qo‘lida saqlab qoldi. Bahsga qo‘shib berilgan vaqtda Etan Mbappe hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirib, uchrashuvga nuqta qo‘ydi. Unga golli uzatmani Maurits Kyergor berdi.

Kiritildi: 21:04, 13.09.2026.
O'qildi: 1124 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик