Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/09 00:00 Real Sosyedad 0-3 Atletiko
14/09 18:45 Neftchi 1-0 Al-Quva al-Javiya
14/09 21:00 Shabab al-Ahli 1-0 Traktor
14/09 21:00 Ash-Shamol 1-1 Al-Ittihod
14/09 21:30 Komo 2-1 Parma
14/09 21:30 Torino 0-2 Roma
14/09 23:15 Al-Ahli (SA) 0-0 Paxtakor
14/09 23:15 Al-Qodisiya 2-0 Al-Vasl
14/09 23:15 Istiqlol 2-0 As-Sadd
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen - Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka - Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers - Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi - Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan - Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim - Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

Elit OCHL start olmoqda. "Neftchi" Farg‘onada, "Paxtakor" esa Jiddada maydonga tushadi

Elit OCHL start olmoqda. "Neftchi" Farg‘onada, "Paxtakor" esa Jiddada maydonga tushadi

Baho:
+ | -

Bugun, 14 sentyabr kuni Elit Osiyo Chempionlar ligasi musobaqasining 2026/27 yilgi mavsumiga start beriladi. O‘zbekiston nomidan ishtirok etayotgan "Neftchi" va "Paxtakor" birinchi turning o‘zidayoq muhim bahslarda maydonga tushadi.

Farg‘onaning "Neftchi" klubi o‘z maydonida Iroqning "Al-Quva Al-Javiya" jamoasini qabul qiladi. "Istiqlol" stadionidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 18:45 da boshlanadi.

"Neftchi" ushbu bahsga ichki chempionat peshqadami sifatida yetib keldi. Farg‘onaliklar Superliganing 21 turidan keyin 48 ochko jamg‘arib, birinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa so‘nggi turda "Surxon"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

"Al-Quva Al-Javiya" esa Iroq chempionatida o‘tkazgan yettita uchrashuvidan keyin 7 ochkoga ega. Bag‘dod klubi so‘nggi beshta o‘yinining faqat bittasida g‘alaba qozongan. Shu bois o‘z muxlislari qarshisida to‘p tepadigan "Neftchi" uchun Osiyodagi yangi mavsumni g‘alaba bilan boshlash imkoniyati yuqori.

Kunning ikkinchi uchrashuvida "Paxtakor"ni ancha murakkab vazifa kutmoqda. Toshkentliklar Jidda shahrida Saudiya Arabistonining kuchli klublaridan biri "Al-Ahli" mehmoni bo‘ladi. "Alinma Stedium"dagi bahs Toshkent vaqti bilan soat 23:15 da start oladi.

"Paxtakor" Osiyo Chempionlar ligasi Elite bahsiga yaxshi kayfiyatda yetib kelmoqda. Jamoa Superligadagi so‘nggi ikki o‘yinida "Andijon"ni 3:0, OKMKni esa safarda 3:1 hisobida mag‘lub etdi.

21 turdan keyin 46 ochko to‘plagan "Paxtakor" turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi va peshqadam "Neftchi"dan atigi ikki ochko ortda qolmoqda.

"Al-Ahli" esa musobaqaning eng kuchli jamoalaridan biri sifatida baholanadi va o‘z maydonida favorit hisoblanadi. Biroq Saudiya klubining yangi mavsumdagi natijalari hozircha barqaror emas. Bu esa "Paxtakor"ga Jiddada ijobiy natija uchun kurashish imkonini beradi.

18:45 — "Neftchi" — "Al-Quva Al-Javiya"
23:15 — "Al-Ahli" — "Paxtakor"

Kiritildi: 11:01, 14.09.2026.
O'qildi: 1140 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик