«Barselona» hujumchisi Karim Adeyemi joriy mavsumdagi sermahsulligi va o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari haqida fikr bildirdi.
Germaniyalik futbolchi yakshanba kuni La Liganing «Levante»ga qarshi o‘tgan uchrashuvida zaxiradan maydonga tushib, gol urishga muvaffaq bo‘ldi. «Barselona» 4:2 hisobida g‘alaba qozongan mazkur bahsdagi gol Adeyemi uchun kataloniyaliklar safidagi oltinchi uchrashuvda urilgan uchinchi gol bo‘ldi.
«Mavsum uchun gollar soni bo‘yicha aniq maqsadim bor, ammo uni o‘zimda qoldiraman», — dedi 24 yoshli futbolchi o‘yindan keyin jurnalistlar bilan suhbatda.
Karim Adeyemi o‘tgan yozda Dortmundning «Borussiya» klubidan «Barselona»ga ko‘chib o‘tgan edi. Transfer qiymati 22 million yevroni tashkil etgan, bonuslar bilan esa bu summa taxminan 30 million yevrogacha yetishi mumkin.













