Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Noni Madueke qishda «Arsenal»ni tark etishi mumkin. Unga ikki klub da’vogar

Noni Madueke qishda «Arsenal»ni tark etishi mumkin. Unga ikki klub da’vogar

Baho:
+ | -

Londonning «Arsenal» klubi hujumkor yarim himoyachisi Noni Madueke faoliyatini Angliyadan tashqarida davom ettirishi mumkin.

Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlarda bergan ma’lumotiga ko‘ra, angliyalik futbolchiga Turinning «Yuventus» va Madridning «Atletiko» klublari qiziqish bildirmoqda. Har ikki jamoa qishki transferlar oynasida Maduekeni ijaraga olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Joriy mavsumda 24 yoshli yarim himoyachi «Arsenal» safida yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Madueke Angliya Premyer-ligasida bor-yo‘g‘i 2 ta uchrashuvda maydonga tushgan va har bir o‘yinda o‘rtacha 11 daqiqa harakat qilgan.

Futbolchining transfer qiymati 50 million yevroga baholanmoqda.

Kiritildi: 12:32, 14.09.2026.
O'qildi: 713 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик