Hindistonning Bangalor shahrida o‘tkazilgan Tech Mahindra Global Chess League turniri yakunlandi.
Musobaqaning 3-o‘rin uchun kechgan bahsida Javohir Sindarov boshchiligidagi “Fyers American Gambits” jamoasi “CheQ Mumba Masters”ni ikki o‘yinda ham mag‘lub etib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonlik birinchi raqamli shaxmatchi fransiyalik grossmeyster Maksim Vashe-Lagrav bilan ikki o‘yinda durang natija qayd etdi. Javohir Sindorovning jamoadoshi qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisora Assubayeva “CheQ Mumba Masters” shaxmatchisi Harika Dronavaliga birinchi bahsda imkoniyatni boy berdi. Ikkinchi o‘yinda esa durang qayd etdi.
Ma’lumot uchun, 2026-yilda Global Chess League musobaqasining umumiy mukofot jamg‘armasi 1 mln dollarni tashkil etadi. Uning yarmi — 500 ming dollar — jamoaning yakuniy o‘rniga qarab taqsimlanadi: chempion 250 ming, kumush medal sohibi 125 ming, uchinchi o‘rindagi jamoa 75 ming, to‘rtinchi o‘rindagi jamoa 50 ming dollarga ega bo‘ldi.













