Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Erik Garsiya — «Oltin to‘p» haqida: «Men uchun hammasi aniq»

Erik Garsiya — «Oltin to‘p» haqida: «Men uchun hammasi aniq»

Baho:
+ | -

«Barselona» himoyachisi Erik Garsiya joriy yilda «Oltin to‘p»ni kimga bergan bo‘lar edi, degan savolga javob berdi.

30 nafar nomzod orasiga kataloniyalik grandning atigi ikki vakili — 19 yoshli Lamin Yamal va Pau Kubarsi kiritilgan.

«Menimcha, «Oltin to‘p»ni Lamin Yamal olishi kerak. Menda hech qanday shubha yo‘q. Pedri va Rafinyaning 30 nafar nomzod orasida yo‘qligi — aql bovar qilmaydigan holat, ammo bu jarayon qanday kechishini bilamiz. Kubarsining nomzodlar qatoriga kiritilganidan xursandman, chunki u bunga albatta munosib. Dani Olmo ham nomzodlar orasida bo‘lishi mumkin edi, fantastik mavsum o‘tkazgan Fermin Lopes ham», — deya Erik Garsiyaning so‘zlarini Barca Universal keltirmoqda.

«Oltin to‘p»ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 06:53, 15.09.2026.
O'qildi: 1189 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик