Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Deku Rafinya bilan kelajagi bo‘yicha uchrashdi

Baho:
+ | -

"Barselona" sport direktori Deku braziliyalik vinger Rafinya bilan yangi shartnoma masalasida norasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Diario SPORT xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Deku va Alexandro Echevarriya dushanba kuni Kasteldefelsdagi restoranlardan birida Rafinya bilan tushlik qilgan.

29 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilga qadar mo‘ljallangan. Shu sabab klubda muzokaralarni tezkor yakunlash uchun jiddiy bosim yo‘q.

Qayd etilishicha, Rafinya "Barselona"da qolishga qat’iy bel bog‘lagan va faoliyatini kataloniyaliklar safida davom ettirishni istaydi. Xansi Flik qo‘l ostida u jamoa sardorlaridan biri va kiyinish xonasidagi eng ta’sirli futbolchilardan biriga aylangan.

Ayni paytda Rafinyaning agenti yo‘q va u o‘z kelajagi bo‘yicha muzokaralarni shaxsan o‘zi olib bormoqda. Shu sabab dushanba kungi uchrashuvda u klub vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilgan.

Rafinya va Deku o‘rtasida avvaldan yaxshi munosabatlar mavjud. Deku "Barselona" sport direktori bo‘lishidan avval futbolchining agenti sifatida ishlagan. U klubdagi lavozimiga kirishgach, ularning professional hamkorligi yakunlangan, ammo shaxsiy munosabatlari saqlanib qolgan.

Norasmiy uchrashuvda Rafinyaning rafiqasi Tayya Belloli ham ishtirok etgan.

"Barselona" futbolchining rivojlanishi va yetakchilik fazilatlaridan juda mamnun ekani aytilmoqda. Rafinya maydonda ham, uning tashqarisida ham jamoaning muhim figurasiga aylangan. Uning professional yondashuvi yosh futbolchilar uchun ham namuna sifatida baholanmoqda.

Dastlabki uchrashuv ijobiy o‘tgan va har ikki tomon ham hamkorlikni 2028 yildan keyin ham davom ettirishni istamoqda.

Kiritildi: 22:42, 15.09.2026.
O'qildi: 1405 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик