«Bavariya» yarim himoyachisi Lennart Karl Yevropaning bir qator top-klublari qiziqish doirasiga tushdi. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, 18 yoshli futbolchini «Real», «Barselona» va Angliya Premyer-ligasining bir nechta yetakchi klublari kuzatib bormoqda.
«Liverpul» futbolchi tomoni bilan norasmiy aloqa o‘rnatgan, «Arsenal» esa uni kuzatish uchun skautlarini yuborgan. Shuningdek, «Manchester Siti», «Chelsi» va «PSJ» ham Karlning o‘yinlarini diqqat bilan kuzatmoqda.
Lennart Karl «Bavariya» safida 2025 yil yozidan buyon to‘p tepmoqda. Uning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 60 million yevro deb baholamoqda.













