Domeniko Tedesko «Bolonya» bosh murabbiyi lavozimidan bo‘shatilgani haqida fikr bildirdi.
Germaniyalik mutaxassis iyun oyida jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangan edi. Uning rahbarligida jamoa 4 ta uchrashuv o‘tkazib, 3 ta mag‘lubiyat va 1 ta durang qayd etdi.
«Men juda xafaman. Klub rahbariyati bilan bir-birimizga aytgan gaplarimiz o‘zimizda qoladi», — deya Tedeskoning so‘zlarini taniqli jurnalist Janluka Di Marsio keltirdi.













