Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Futzal. O‘zbekiston milliy terma jamoasi Vengriya va Niderlandiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazadi

Baho:
+ | -

Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 11 sentyabr sanasidan Toshkentda navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishdi.

Ispaniyalik mutaxassis Xose Mariya Mendes boshchiligidagi terma jamoamiz a’zolari to‘rt kun davomida poytaxtimizdagi O‘FA Terma jamoalar markazi sport zalida mashg‘ulotlar olib borishdi. Shundan so‘ng vakillarimiz Yevropa safariga jo‘nab ketishdi.

FIFA kunlari doirasidagi kelishuvga binoan, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Yevropaning ikki kuchli terma jamoasiga qarshi to‘rtta nazorat uchrashuvi o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Vengriya bilan ikki uchrashuv

15 sentyabr kuni erta tongda Budapesht shahriga yo‘l olgan terma jamoamiz 17 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan 18:00 da Vengriya terma jamoasiga qarshi ilk xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi.

Ikkinchi uchrashuv esa 19 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan 16:00 da boshlanadi.

Niderlandiya bilan ikki uchrashuv

Vengriya safaridagi bahslardan so‘ng vakillarimiz 20 sentyabr kuni Niderlandiyaning Amsterdam shahriga yo‘l oladi. «Lolalar mamlakati»da Xose Mariya Mendes shogirdlarini Niderlandiya Qirolligi terma jamoasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi kutib turibdi.

Birinchi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi 21 sentyabr, ikkinchi bahs esa 22 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Shundan so‘ng milliy terma jamoamiz a’zolari O‘zbekistonga qaytib kelishadi.

Kiritildi: 22:11, 16.09.2026.
O'qildi: 986 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик