"Barselona" hujumchisi Rafinya Dias jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik bilan iliq munosabatda ekanini aytdi.
Braziliyalik futbolchi "Rasing"ga qarshi 7:2 hisobida yakunlangan uchrashuvda xet-trik qayd etgach, final hushtagidan so‘ng Flikni quchoqladi.
"Men buni doimo aytganman va aytishda davom etaman. Flik — top-murabbiy. U mening fikrlash tarzimni va o‘zimga bo‘lgan munosabatimni o‘zgartirdi.
Shuning uchun undan juda minnatdorman. Har qanday imkoniyatda unga minnatdorligimni ko‘rsatishga harakat qilaman", — dedi Rafinya.
"Barselona" Ispaniya chempionatining 6-turida "Rasing"ni 7:2 hisobida mag‘lub etdi. Kataloniyaliklar ushbu g‘alabadan keyin 18 ochko bilan turnir jadvalidagi peshqadamligini saqlab qoldi.













