«Bornmut» himoyachisi Adam Smit klub bilan birga Yevropa ligasida debyut qildi. «Olchalar» musobaqadagi ilk o‘yinida safarda «Real Sosyedad»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
Smit yevrokuboklarda 35 yoshu 141 kunligida debyut qilib, 1962 yildan beri bu musobaqalarda ilk o‘yinini o‘tkazgan eng yoshi katta angliyalik futbolchiga aylandi.
Bungacha bu natija 1962 yil noyabrida qayd etilgan edi. O‘shanda «Ipsvich» futbolchisi Rejinald Pikett «Milan»ga qarshi bahsda yevrokuboklarda debyut qilgan. U o‘sha kuni 35 yoshu 317 kunlik edi.
Yevropa ligasi umumiy bosqichining 2-turida «Bornmut» o‘z maydonida Avstriyaning «Shturm» klubini qabul qiladi. Uchrashuv 15 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.













