Mashhur Italiya stadioni «San-Siro» bugun o‘z yubileyini nishonlamoqda — u roppa-rosa yuz yil avval, 1926 yil 19 sentyabrda ochilgan edi. Stadion Milanning ikki bosh futbol klubi — «Inter» va «Milan» uchun uy arenasi hisoblanadi.
Dastlab u faqat «Milan»ning stadioni hisoblangan, ammo Ikkinchi jahon urushidan keyin «rossoneri»lar uni «Inter» bilan bo‘lishishga rozi bo‘lishgan. 1979 yilda esa stadion nomi Djuzeppe Meassa sharafiga o‘zgartirilgan — u «Inter» o‘yinchisi sifatida ko‘proq tanilgan bo‘lsa-da, «Milan» tarkibida ham to‘p surgan.
Arena o‘tgan asrning 50 va 80-yillarida ikki marta rekonstruksiyani boshdan kechirgan.













