Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

APL. "Nyukasl" "Xall"ni mag‘lub etib, 8-o‘ringa ko‘tarildi

APL. "Nyukasl" "Xall"ni mag‘lub etib, 8-o‘ringa ko‘tarildi

Baho:
+ | -

"Nyukasl" Angliya Premyer-ligasining 5-turida o‘z maydonida "Xall"ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi.

Mezbonlar yettinchi daqiqaga qadar ikki bor gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Jo Uillok va Lyuis Xoll o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

"Xall" ikkinchi bo‘limda gollardan birining javobini qaytardi. 67-daqiqada Mohamed-Ali Sho hisobni qisqartirdi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng "Nyukasl" 8 ochko bilan turnir jadvalida 8-o‘ringa ko‘tarildi. "Xall" ham 8 ochkoga ega, ammo jamoa APLning joriy mavsumidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi va 7-pog‘onada bormoqda.

Parallel o‘tgan uchrashuvda "Everton" "Ipsvich"ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 21:08, 19.09.2026.
O'qildi: 721 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик