Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/11 00:45 Milan 3-1 Inter
01/11 01:00 Barselona 6-1 Alaves
01/11 01:00 Aston Villa 1-1 Fulxem
01/11 16:00 Lokomotiv 1-2 OKMK
01/11 16:30 Komo 1-0 Venesiya
01/11 18:00 Xetafe 3-1 Sevilya
01/11 19:00 Frozinone 2-0 Torino
01/11 19:00 Lasio 2-1 Kalyari
01/11 20:15 Rasing 0-3 Real Madrid
01/11 21:30 Liverpul 0-1 Arsenal
01/11 22:00 Lechche 1-2 Jenoa
01/11 22:30 Elche 0-1 Valensiya
02/11 00:45 Yuventus 2-0 Napoli
02/11 01:00 Atletik Bilbao 2-1 Real Sosyedad
02/11 14:56 Al-Vasl - Al-Quva al-Javiya
02/11 18:45 Paxtakor 0-2 An-Nasr (SA)
02/11 21:00 Traktor - Neftchi
02/11 21:00 As-Sadd - Al-Ahli (SA)
02/11 22:30 Sassuolo - Fiorentina
02/11 23:15 Al-G‘arafa - Al-Qodisiya
02/11 23:15 Al-Ittihod - Al-Ayn
03/11 00:45 Atalanta - Parma
03/11 01:00 Deportivo - Osasuna
03/11 01:00 Nyukasl - Everton

Shaxmat olimpiadasi. O‘zbekistonning asosiy jamoalari 4-turda ham zafar quchdi

Baho:
+ | -

Samarqand shahrida davom etayotgan 46-butunjahon shaxmat olimpiadasida 4-tur uchrashuvlari o‘z nihoyasiga yetdi. O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan jamoalar ushbu turda ham qiziqarli va murosasiz partiyalarni o‘tkazdi.

Erkaklar o‘rtasidagi bahslar

O‘zbekiston-1 — Turkiya: 2,5:1,5

O‘zbekistonning asosiy jamoasi to‘rtinchi turda Turkiya vakillarini mag‘lub etdi. Nodirbek Abdusattorov, Javohir Sindorov va Shamsiddin Vohidov raqiblari bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, Nodirbek Yoqubboyev o‘z partiyasida Vahap Sanalni maglub etdi va jamoasiga g‘alabani keltirdi.

Nodirbek Abdusattov 0,5:0,5 Kaan Yagiz Erdog‘mus
Javohir Sindorov 0,5:0,5 Ediz Gyurel
Nodirbek Yoqubboyev 1:0 Vahap Sanal
Shamsiddin Vohidov 0,5:0,5 Emre Jan


O‘zbekistonning ikkinchi jamoasi Yangi Zelandiyani (2,5 - 1,5), uchinchi jamoasi esa Yamanni mag‘lub etdi (3,5 - 0,5).

Ayollar o‘rtasidagi bahslar

O‘zbekiston-1 — Argentina: 3:1

Ayollar o‘rtasidagi bahslarda O‘zbekistonning asosiy jamoasi Argentina terma jamoasini mag‘lub etdi. Umida Omonova va Gulruhbegim Tohirjonova partiyalarni g‘alaba bilan yakunladi. Guldona Karimova hamda Afruza Hamdamova bilan durang natija qayd etdi.

Afruza Hamdamova 0,5:0,5 Kanbela be Fransisko Gueyemkaburu
Gulruhbegim Tohirjonova 1:0 Mariya Xose Kampos
Umida Omonova 1:0 Anapaola Borda Rodas
Guldona Karimova 0,5:0,5 Ernestina Adam

Ayollar bo‘yicha O‘zbekistonning ikkinchi va uchinchi jamoalari esa Qirg‘iziston va Kubaga qarshi o‘yinlarda imkoniyatni boy berishdi.

O‘zbekiston jamoalariga 4-turda quyidagi jamoalar raqiblik qiladi:

Erkaklar
O‘zbekiston 1 - Vengriya
O‘zbekiston 2 - Filippin
O‘zbekiston 3 - Avstriya

Ayollar
O‘zbekiston 1 - AQSH
O‘zbekiston 2 - Tunis
O‘zbekiston 3 - Madagaskar

Ma’lumot uchun, Samarqand mezbonlik qilayotgan 46-butunjahon shaxmat olimpiadasida jami 400 ta jamoa qatnashmoqda: erkaklar guruhida 208 ta, ayollar o‘rtasida esa 192 ta jamoa. Musobaqa 28 sentyabrga qadar davom etadi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 23:16, 19.09.2026.
O'qildi: 1450 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar

Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o'zi javobgar.


счётчик