Myonxengladbaxning «Borussiya» klubi Bundesliganing yangi mavsumida ketma-ket to‘rtinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
Jamoa 4-turda o‘z maydonida «Mayns»ga 3:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Shu tariqa, «Borussiya» hali birorta ham ochko jamg‘ara olmadi va turnir jadvalining so‘nggi o‘rnida qolmoqda. Ayni paytda u Bundesligada ochko ololmagan yagona jamoa hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, uchinchi mag‘lubiyatdan so‘ng klub bosh murabbiy Oygen Polyanskini iste’foga chiqargan edi. «Mayns»ga qarshi uchrashuvda jamoani uning sobiq yordamchisi Yan-Morits Lixte boshqardi.













