Give Me Sport portali dunyoning markaziy hujumchi pozisiyasida o‘ynaydigan eng yaxshi futbolchilari reytingini e’lon qildi.
Reytingning birinchi pog‘onasi «Real» va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappega berilgan.
Ikkinchi o‘rinni «Bavariya» va Angliya terma jamoasi vakili Xarri Keyn egallagan bo‘lsa, kuchli uchlikka «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland kirgan.
Keyingi o‘rinlarni mos ravishda Usman Dembele, Xulian Alvares, Lautaro Martines, Viktor Osimxen, Joau Pedro, Aleksandr Isak va Markus Tyuram egallagan.
Eslatib o‘tamiz, 26 oktyabr kuni Londonda «Oltin to‘p» sovrini topshiriladi. Give Me Sport avvalroq ushbu mukofot uchun o‘zining joriy favoritlar reytingini ham taqdim etgan edi.













